Xizmat tarkibi

AI agent joriy qilishda eng muhim masala model tanlash emas, balki agent nimani bilishi, qanday chegarada javob berishi va qaysi jarayonga ulanishini aniq belgilashdir.

  • Use case va foydalanuvchi ssenariylarini aniqlash.
  • Bilim bazasi, prompt logikasi va javob chegaralarini tayyorlash.
  • Sayt, Telegram yoki ichki ish jarayoniga integratsiya konsepsiyasi.
  • Test savollari, xatolik holatlari va sifat nazorati mezonlari.

Qachon kerak?

Mijozlar ko’p takrorlanadigan savollar bersa, kontent tayyorlash sekinlashsa yoki ichki ma’lumotlarni tez topish kerak bo’lsa, AI agent vaqtni sezilarli tejaydi.